Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 184-3-modda. Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targʻib qiluvchi materiallarni tayyorlash, saqlash yoki tarqatish

Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targʻib qiluvchi materiallarni tarqatish maqsadida tayyorlash, saqlash yoki tarqatish, — materiallarni va ularni tayyorlash hamda tarqatish uchun tegishli vositalarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravaridan yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.