Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 210-modda. Qamoqda saqlash joylarida, jazoni ijro etish muassasalarida, maxsus davolash-oldini olish yoki maxsus oʻquv-tarbiya muassasalarida saqlanayotgan shaxslarga taqiqlangan narsalarni berish

Qamoqda saqlash joylarida, jazoni ijro etish muassasalarida, maxsus davolash-oldini olish yoki maxsus oʻquv-tarbiya muassasalarida saqlanayotgan shaxslarga berilishi taqiqlangan narsalarni koʻzdan kechirishdan yashirib berish yoki boshqa har qanday usul bilan berishga urinish — berish taqiqlangan ashyolarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.