Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 227-5-modda. Transport vositasini toʻxtatmaslik yoki bojxona organining ruxsatisiz joʻnatib yuborish

Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali oʻtayotgan transport vositasini bojxona organi tomonidan belgilanadigan joyda toʻxtatmaslik, shuningdek bojxona nazorati ostida turgan transport vositasini toʻxtab turish joyidan bojxona organining ruxsatisiz joʻnatib yuborish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.