Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 227-7-modda. Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish tartibini buzish

Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish tartibini buzish, yaʼni bojxona rasmiylashtiruvini boshlash va tugallash, uni oʻtkazish joyi, vaqti va taomili toʻgʻrisidagi belgilangan talablarga rioya etmaslik, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.