Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 227-modda. Bojxona nazorati zonasi rejimining buzilishi

Bojxona organining ruxsatisiz bojxona nazorati zonasi chegarasi orqali va uning doirasida tovarlar, transport vositalari va shaxslarni olib oʻtish yoki bojxona nazorati zonasi rejimini buzuvchi boshqa xatti-harakatlar sodir etish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi;