Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun kuyidagi maʼmuriy jazo choralari qoʻllanilishi mumkin: 1) maʼmuriy ogohlantirish; 2) jarima; 3) maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa boʻlgan ashyoni haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyish; 4) maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa boʻlgan ashyoni musodara qilish; 5) muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositasini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum etish; 6) haq toʻlanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etish; 7) maʼmuriy qamoqqa olish; 8) chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan maʼmuriy tarzda chiqarib yuborish. Ushbu modda birinchi qismining 1, 3 — 8-bandlarida sanab oʻtilgan maʼmuriy jazo choralari faqat Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanishi mumkin.