Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 236-modda. Harbiy hisob hujjatlarini qasddan yaroqsizlantirish yoki ularni beparvolik tufayli yoʻqotish

Harbiy hisob hujjatlarini (harbiy biletni, muqobil xizmat xizmatchisining guvohnomasini hamda chaqiruv uchastkasida qayd etilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani) qasddan yaroqsizlantirish yoki beparvolik bilan saqlash ularning yoʻqolishiga olib kelsa — bazaviy hisoblash miqdorining oʻndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.