Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 237-modda. Harbiy yoki muqobil xizmatdan boʻyin tovlash

Muddatli harbiy xizmat yoki muqobil xizmatga chaqiruvdan, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati safiga olinishdan yoki xizmatni Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervida oʻtashdan boʻyin tovlash — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.