Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 261-modda. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi organlari

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi organlariga ushbu Kodeksning 63-moddasida , 65-moddasining beshinchi qismida (bundan qishloq xoʻjaligi yerlarini va boshqa yerlarni yaroqsiz holga keltirganlik mustasno), 68-moddasida (tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlarga, suv fondi yerlariga oid qismida), 70-moddasining birinchi qismida (bundan yer qaʼridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi mustasno), 70¹-moddasining birinchi qismida , 71-moddasida (tabiatni muhofaza qilishga oid qismida), 72-moddasida (bundan yer osti suvlariga doir qismi mustasno), 74-moddasining birinchi , uchinchi , toʻrtinchi va beshinchi qismlarida , 75-moddasida (bundan irrigatsiya tarmoqlaridan olinadigan suvlarni hisobga olish mustasno, shuningdek davlat suv kadastrini yuritishning belgilangan tartibini buzganlik uchun), 77-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida , 77¹-moddasida , 78-moddasida , 79-moddasining birinchi , ikkinchi , toʻrtinchi va beshinchi qismlarida , 79¹ , 80 , 81 , 82 , 83 , 84-moddalarida , 85-moddasida (bundan sanitariya-gigiyena qoidalarini buzish deb hisoblanuvchi, atmosfera havosiga zararli fizikaviy taʼsir koʻrsatish, biologik organizmlarni atmosfera havosiga chiqarib tashlash mustasno), 85¹ , 86 , 86¹ , 86² , 87 , 88 , 89-moddalarida (bundan atmosfera havosiga zararli fizikaviy taʼsir koʻrsatish mustasno), 89¹-moddasida , 90-moddasining birinchi qismida , 91-moddasida , 91¹-moddasining birinchi , ikkinchi va uchinchi qismlarida , 91² , 91³ , 91⁴ , 92 , 93 , 95-moddalarida , 96-moddasida (davlat ekologik ekspertizasiga oid qismida), 148-moddasida (bundan ajratilgan mintaqalarda va yogʻoch koʻpriklardan 100 metrgacha boʻlgan masofada olov yoqqanlik, yogʻoch koʻpriklar va taxta toʻshamali koʻpriklarda chekkanlik uchun maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar mustasno), 159-moddasining toʻrtinchi qismida (koʻp kvartirali uyga tutash tuproqli va (