Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 280-modda. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzishga vakolati boʻlgan shaxslar

Buzilishi maʼmuriy javobgarlikni keltirib chiqaradigan qoidalarga rioya etilishini tekshirish va (yoki) nazorat qilish qonunchilik bilan zimmasiga yuklatilgan tegishli organning vakolatli mansabdor shaxsi maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomani tuzadi.