Huquqbuzarlarni ushlash, shaxsiy koʻrikdan oʻtkazish yoki ashyolarini koʻzdan kechirish vaqtida aniqlangan huquqbuzarlik sodir etish quroli yoki bevosita huquqbuzarlik ashyosi boʻlgan ashyo va hujjatlar ushbu Kodeksning 287 va 289-moddalarida nazarda tutilgan organlarning mansabdor shaxslari tomonidan olib qoʻyiladi. Olib qoʻyilgan ashyo va hujjatlar maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar koʻrib chiqilgunga qadar shunday ashyo va hujjatlarni olib qoʻyish huquqi berilgan organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan belgilab beriladigan joylarda saqlanadi, ish koʻrib boʻlinganidan keyin esa, uni koʻrib chiqish natijalariga qarab, bu ashyo va hujjatlar belgilangan tartibda musodara qilinadi yoki egasiga qaytarib beriladi yoxud yoʻq qilib yuboriladi, ashyolar haq toʻlab olib qoʻyilgan taqdirda esa — sotib yuboriladi. Adliya organlari tomonidan ashyolarni koʻzdan kechirish vaqtida (intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilishda) aniqlangan huquqbuzarlikni sodir etish quroli yoki bevosita huquqbuzarlik ashyosi boʻlgan ashyo va hujjatlar xatlanadi. Olib qoʻyilgan orden, medal, faxriy unvonning koʻkrakka taqiladigan nishoni qonuniy egasiga qaytarib beriladi, basharti, egasi nomaʼlum boʻlsa, unda tegishli organga joʻnatiladi. Bojxona qoidalari yoki soliq va valyuta toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilgan taqdirda, basharti huquqbuzar Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega boʻlmasa, jarima undirilishini taʼminlash maqsadida uning ashyolari (qimmatli buyumlari) olib qoʻyilishi mumkin. Ashyo va hujjatlar olib qoʻyilgan taqdirda bu xususda bayonnoma tuziladi yoki maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomaga yoxud buyumlarni koʻzdan kechirib chiqish yoki maʼmuriy yoʻl bilan ushlab turish haqidagi bayonnomalarga tegishli yozuv yozib qoʻyiladi. Sodir etilgan huquqbuzarlik uchun ushbu Kodeksga muvofiq transport vositasini, kichik hajmli kemani boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan mahrum etish tarzida maʼmuriy jazo qoʻllanilishi mumkin boʻlsa, h