Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 292-modda. Transport vositasini boshqarishdan chetlatish, mastlik holatini aniqlash uchun tekshiruvdan oʻtkazish

Transport vositalarini boshqarayotgan mastlik holatida deb hisoblashga yetarli asoslar boʻlgan shaxs transport vositasini boshqarishdan chetlashtirilishi va mastlik holatini aniqlash uchun belgilangan tartibda tekshiruvdan oʻtkazilishi kerak. Mazkur shaxsni tekshirishga yuborish va bu tekshiruvni oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.