Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 293-modda. Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishni taʼminlash choralari ustidan shikoyat berish

Maʼmuriy yoʻl bilan ushlab turish, shaxsni koʻrikdan oʻtkazish, ashyolarni koʻzdan kechirish, transport vositalarini ushlab turish va koʻzdan kechirish, ashyo va hujjatlarni olib qoʻyish, transport vositasini boshqarishdan chetlashtirish ustidan manfaatdor shaxs yuqori organga (mansabdor shaxsga), prokurorga yoki sudga shikoyat berishi mumkin.