Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 311-modda. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarorni eʼlon qilish va uning nusxasini berish

Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ishni koʻrib chiqish tugashi bilanoq darhol eʼlon qilinadi va u chiqarilgan paytdan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi. Qarorning nusxasi uch kun ichida ustidan shu qaror chiqarilgan shaxsga, shuningdek oʻzining iltimosiga koʻra jabrlanuvchiga topshiriladi yoki joʻnatiladi. Qarorning nusxasi tilxat bilan beriladi, basharti qarorning nusxasi joʻnatilsa, bu haqda ishga tegishli yozuv yozib qoʻyiladi. Xizmat qurolidan va uning oʻq-dorilaridan foydalanish huquqiga ega boʻlgan davlat organlarining mansabdor shaxslariga hamda maxsus xizmat vazifalariga ega boʻlgan yuridik shaxslarning xodimlariga nisbatan ushbu Kodeksning 185-moddasida , 220-moddasi uchinchi , toʻrtinchi va oltinchi qismlarida , 221-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan chiqarilgan qarorning koʻchirma nusxasi tegishli davlat organiga yoki yuridik shaxsga maʼlumot uchun, ichki ishlar organiga esa ushbu shaxsning quroldan foydalanishini taqiqlash toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun yuboriladi.