Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 313-modda. Maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etish sabablari va ularga olib kelgan shart-sharoitni bartaraf etish toʻgʻrisidagi taqdimnoma

Ishni koʻrib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etish sabablari va ularga olib kelgan shart-sharoitlarni aniqlaganda bu sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf qilish yuzasidan choralar koʻrish toʻgʻrisidagi taqdimnomani tegishli korxona, muassasa, tashkilot rahbariga kiritadi. Rahbar taqdim kelib tushgan kundan boshlab bir oy ichida uni kiritgan organga (mansabdor shaxsga) koʻrilgan choralar haqida maʼlum qilishi shart.

XXIII ¹ bob. YARASHUV TOʻGʻRISIDAGI ISHLAR BOʻYICHA ISH YURITISH