Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 316-modda. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida shikoyat berish muddati

Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida shu qarorning nusxasi olingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida shikoyat berilishi mumkin, bundan sud qarori mustasno. Mazkur muddat uzrli sabablar bilan oʻtkazilib yuborilgan taqdirda, bu muddat shikoyatni koʻrib chiqishga vakolatli organ (mansabdor shaxs) tomonidan qayta tiklanishi mumkin.