Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 323-modda. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida berilgan shikoyat yuzasidan chiqarilgan qarorga protest bildirish

Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan berilgan shikoyat yuzasidan chiqarilgan qarorga prokuror protest bildirishi mumkin. Shikoyat yuzasidan chiqarilgan qarorga protest mazkur qarorni chiqargan organdan (mansabdor shaxsdan) yuqori turuvchi organga kiritiladi.