Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 324-47-modda. Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish tartibi va muddati

Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza u sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh kundan oshmagan muddatda, ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda koʻrib chiqiladi. Tegishli tarzda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi arizani koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi.