Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 324-7-modda. Sud xabarnomalari va chaqiruvlari

Ishda ishtirok etuvchi shaxslar apellyatsiya shikoyati (protesti) koʻriladigan vaqt va joy haqida sud chaqiruv qogʻozlari, telefonogrammalar, telegrammalar va xabardor qilinganligi fakti qayd etilishini taʼminlaydigan boshqa aloqa vositalari orqali xabardor qilinadi.