Basharti maʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan kundan boshlab uch oy davomida ijro etishga qaratilmagan boʻlsa, u holda bunday qaror ijro etilmaydi. Ushbu Kodeksning 318-moddasiga muvofiq qarorning ijrosi toʻxtatib turilgan taqdirda, kuchini yoʻqotish muddatining kechishi shikoyat yoki protest koʻrib chiqilgunga qadar toʻxtatib qoʻyiladi. Ushbu Kodeksning 328-moddasiga muvofiq qarorning ijrosi kechiktirilgan taqdirda, kuchini yoʻqotish muddatining kechishi muddatini kechiktirish davri oʻtgunga qadar toʻxtatib qoʻyiladi.