Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 331-modda. Maʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qarorning ijrosi bilan bogʻliq boʻlgan masalalarni hal etish

Maʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qarorning ijrosi bilan bogʻliq boʻlgan masalalarni shu qarorni chiqargan organ (mansabdor shaxs) hal etadi. Maʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qarorning toʻgʻri va oʻz vaqtida ijro etilishini nazorat qilish shu qarorni chiqargan organ (mansabdor shaxs) zimmasiga yuklatiladi. Organlarning (mansabdor shaxslarning) maʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qarorning ijrosiga oid harakati xususida berilgan shikoyatlar ushbu Kodeksning 315-moddasida aytib oʻtilgan organlar tomonidan 319 va 320-moddalarida belgilangan talablarga rioya etilgan holda hal etiladi.