Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 335-modda. Jarima solish toʻgʻrisidagi qarorni ijro etish ishlarini tugallash

Jarima solish toʻgʻrisidagi qarorga muvofiq jarima toʻla-toʻkis undirib olingach, uning ijro etilganligi haqida belgi qoʻyilib, shu qarorni chiqargan organga (mansabdor shaxsga) yoki sudga qaytariladi. Majburiy ijroga qaratilgan jarima solish toʻgʻrisidagi qaror ijro etilganidan soʻng davlat ijrochisi ijro ishini yuritishni tamomlash toʻgʻrisida qaror chiqaradi va uning bir nusxasini uni chiqargan organga (mansabdor shaxsga) yoki sudga yuboradi.