Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 42-modda. Davlat tili toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish

Fuqarolarning tarbiya va taʼlim berishda tilni erkin tanlashdan iborat huquqlarini buzish, tildan foydalanishda toʻsqinlik qilish va cheklash, davlat tilini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida yashovchi boshqa millatlar va elatlarning tillarini mensimaslik — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.