Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 44-modda. Hujjatlar bilan tanishib chiqishni asossiz ravishda rad etish

Fuqaroga uning huquq va manfaatlariga daxldor boʻlgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini berishni asossiz ravishda rad etish — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.