Yetim bolalar yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shunday bolalar turgan muassasa rahbari yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mansabdor shaxsi tomonidan vasiylik va homiylik organiga xabar qilmaslik, xuddi shuningdek ular tomonidan yetim bolalar yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar haqida atayin notoʻgʻri maʼlumotlar berish — mansabdor shaxsga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.