Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 51-5-modda. Saylovoldi tashviqotini, referendumga qoʻyilgan masalalar yuzasidan tashviqot olib borish shartlari va tartibini buzish

Saylovoldi tashviqotini, referendumga qoʻyilgan masalalar yuzasidan tashviqot olib borish shartlari va tartibini nomzod, ishonchli vakil, siyosiy partiya vakili, mansabdor shaxs tomonidan buzish, — bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.