Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 51-9-modda. Jamoatchilik fikri soʻrovlari natijalarini, saylov yoki referendum natijalari taxminlarini chop etish (eʼlon qilish) tartibini buzish

Jamoatchilik fikri soʻrovlari natijalarini, saylov yoki referendum natijalari taxminlarini, shuningdek saylov yoki referendum bilan bogʻliq boshqa tadqiqotlarni chop etish (eʼlon qilish) tartibini buzish, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.