Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 59-modda. OIV kasalligi/OITS yuqqan-yuqmaganligini aniqlash uchun tibbiy koʻrikdan oʻtkazishda, shuningdek tibbiy va kosmetik muolajalarni oʻtkazishda xavfsizlikni yetarli darajada taʼminlamaganlik

OIV kasalligi/OITS yuqqan-yuqmaganligini aniqlash uchun tibbiy koʻrikdan oʻtkazishda, shuningdek OIV kasalligi/OITSni yuqtirishga olib keladigan tibbiy va kosmetik muolaja oʻtkazishda xavfsizlikni yetarli darajada taʼminlamaganlik — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.