Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 77-1-modda. Qonunga xilof ravishda oʻrmon fondi yerlarini berish va ularda bino-inshootlar qurish

Qonunga xilof ravishda oʻrmon fondi yerlarini berish yoki ularda bino-inshootlarni qurish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.