Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 78-modda. Kesiladigan oʻrmon fondidan foydalanish tartibini buzish

Kesiladigan oʻrmon fondidan foydalanish, yogʻoch tayyorlash va tashib olib ketish tartibini, shuningdek oʻrmon kesish chiptasi (orderi)da yoki oʻrmon chiptasida belgilangan boshqa talablarni buzish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.