Avtomatik monitoring stansiyalarini, shuningdek chang-gaz tozalash qurilmalarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaslik, Atrof-muhit davlat monitoringi tizimining yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasiga avtomatik monitoring stansiyalarini integratsiya qilmaslik, ushbu bazaga maʼlumotlarni kiritmaslik, oʻz vaqtida yoki toʻliq kiritmaslik, notoʻgʻri maʼlumotlarni kiritish, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.