Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 96-modda. Loyihalarni davlat ekologik (sanitariya-ekologik) ekspertizasining ijobiy xulosasisiz roʻyobga chiqarish

Loyihalarni davlat ekologik (sanitariya-ekologik) ekspertizasining ijobiy xulosasisiz yoxud unga rioya qilmagan holda roʻyobga chiqarish, shuningdek bunday xulosasi boʻlmay turib obyektlarni mablagʻ bilan taʼminlash — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

IX bob. SANOATDAGI, QURILISHDAGI VA ISSIQLIK HAMDA ELEKTR ENERGIYASIDAN FOYDALANISH SOHASIDAGI HUQUQBUZARLIKLAR UCHUN MAʼMURIY JAVOBGARLIK