Sud quyidagi hollarda arizani (shikoyatni) koʻrmasdan qoldiradi, agar: 1) fuqarolik ishlari boʻyicha sud, maʼmuriy sud ish yurituvida ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan ish mavjud boʻlsa; 2) ariza (shikoyat) imzolanmagan boʻlsa yoki uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan yoxud mansab mavqeyi yoki familiyasi, ism-sharifining bosh harflari koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan boʻlsa; 2¹ ) dastlabki eshituv natijasi boʻyicha arizachi arizani koʻrmasdan qoldirish haqida arz qilgan boʻlsa; 3) arizachi birinchi sud majlisiga kelmagan va ishni oʻzining ishtirokisiz koʻrilishi toʻgʻrisida arz qilmagan boʻlsa; 4) arizachining manfaatlarini koʻzlab prokuror, davlat organi va boshqa shaxs tomonidan arz qilingan talabdan arizachi voz kechgan boʻlsa; 5) ariza (shikoyat) sud muomalaga layoqatsiz deb topgan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa.