Ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi. Sud ajrimda ish yuritishni tugatish asoslarini koʻrsatadi, shuningdek sud xarajatlarini taraflar oʻrtasida taqsimlash va qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda davlat bojini budjetdan qaytarish toʻgʻrisidagi masalalarni hal qiladi. Ajrimning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi. Ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan sudga takroran murojaat qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.