Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 124-modda. Sud xabarnomalari va chaqiruvlarini yuborish tartibi

Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida sud ajrimi orqali xabardor qilinadi, ajrim topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki ushbu shaxslarga tilxat olib topshiriladi yoxud xabardor qilinganligi fakti qayd etilishini taʼminlaydigan aloqa vositalaridan foydalangan holda xabardor qilinadi. Maʼmuriy sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari sud ajrimi orqali, zarur hollarda esa chaqiruv qogʻozlari, telegrammalar, fakslar, teletayplar hamda boshqa aloqa vositalari orqali xabardor qilinadi va sudga chaqiriladi. Sud xabarnomalari va chaqiruvlari ish materiallariga qoʻshib qoʻyiladi.