Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 126-5-modda. Kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish

Sud kelishuv bitimini tasdiqlashni quyidagi hollarda rad etadi, agar: 1) uning shartlari qonunchilikka zid boʻlsa; 2) uning shartlari uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor boʻlsa; 3) uning shartlari koʻrib chiqilayotgan nizo (ish) predmeti bilan bogʻliq boʻlmasa; 4) javobgarda maʼmuriy ixtiyoriylik (diskretsion vakolat) mavjud boʻlmasa; 5) bitim shart asosida tuzilgan boʻlsa. Kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. Bunda sud muhokamasi umumiy tartibda oʻtkaziladi. Kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.