Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 139-modda. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisidagi ajrim

Sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisida ajrim chiqaradi, unda oʻzi hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan harakatlar, ushbu harakatlar amalga oshirilishi kerak boʻlgan muddatlar, sud muhokamasini oʻtkazish vaqti va joyi koʻrsatiladi. Sudyaning ishni sud muhokamasiga tayyorlash boʻyicha harakatlari arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi ajrimda bayon etilishi mumkin, bundan dastlabki eshituv oʻtkaziladigan hollar mustasno.