Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 140-1-modda. Dastlabki eshituv

Maʼmuriy organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qonunchilikka mos kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi ishni sud muhokamasiga tayyorlash jarayonida dastlabki eshituv oʻtkaziladi. Sudya dastlabki eshituvni ariza sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran yigirma kundan kechiktirmay oʻtkazadi, ushbu muddat sud muhokamasi uchun belgilangan muddatga kiritilmaydi. Dastlabki eshituvni oʻtkazish chogʻida sudya: 1) arizachining talablarini va javobgarning eʼtirozlarini aniqlashtiradi; 2) arizadagi kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻradi; 3) talablarni isbotlash uchun arizachiga zarur dalillarni hamda javobgarga fikrini yozma ravishda taqdim etish boʻyicha tushuntirishlar beradi; 4) arizadagi talablarga va ishdagi dalillarga dastlabki huquqiy baho (ishga daxldor boʻlmagan taraflarni almashtirish, qoʻshimcha javobgarni jalb qilish va boshqalar) beradi. Bunda koʻrilayotgan ishning mazmunan hal etilishi boʻyicha yakuniy fikr bildirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Dastlabki eshituv boʻyicha majlisning vaqti va joyi toʻgʻrisida taraflar buyurtma xat orqali yoki xabardor qilinganligi fakti qayd etilishini taʼminlaydigan aloqa vositalaridan foydalangan holda xabardor qilinadi. Dastlabki eshituv boʻyicha majlis oʻtkazilganligi toʻgʻrisida bayonnoma tuzilib, unda quyidagilar koʻrsatiladi: majlis oʻtkazilgan sana va joy; ishni yuritayotgan sudning nomi; sudyaning va majlis kotibining (sudya yordamchisining yoki katta yordamchisining) familiyasi hamda ismi-sharifining bosh harflari; taraflar va ularga protsessual huquq va majburiyatlari tushuntirilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; taraflar tomonidan berilgan tushuntirishlar. Taraflar kelmagan taqdirda, sudya ushbu Kodeksning 140-moddasida koʻrsatilgan harakatlarni amalga oshiradi. Bunday holda dastlabki eshituv boʻyicha bayonnoma