Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 157-modda. Hal qiluv qarorini tuzish

Hal qiluv qarori sud majlisida raislik qiluvchi yoki ishni koʻrayotgan sud tarkibining boshqa sudyalari tomonidan alohida hujjat tarzida yozma shaklda tuziladi. Hal qiluv qarori sudya tomonidan imzolanadi, ish hayʼat tomonidan koʻrilgan taqdirda esa, hal qiluv qarorini qabul qilishda ishtirok etgan barcha sudyalar, shu jumladan alohida fikrga ega boʻlgan sudyalar tomonidan imzolanadi. Hal qiluv qarori bir nusxada tuziladi va ishga qoʻshib qoʻyiladi.