Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 168-modda. Ajrim chiqarish

Sud ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda ajrim chiqaradi. Ushbu Kodeksda toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan hollarda, ajrim alohida sud hujjati tarzida chiqariladi. Murakkab boʻlmagan masalalarni hal etish chogʻida sud ajrimni oʻz joyida chiqarishi mumkin. Bunday ajrim sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi. Ajrimlar chiqarilganidan keyin darhol oʻqib eshittiriladi.