Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 173-modda. Ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) tartibi va muddatlari

Sudning ajrimi ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, shuningdek ajrim ishning kelgusidagi harakatiga toʻsqinlik qilgan taqdirda, sudning hal qiluv qaroridan alohida tarzda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Boshqa ajrimlar ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) berilmaydi, lekin bu ajrimlarga qarshi eʼtirozlar sudning hal qiluv qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) kiritilishi mumkin. Agar ushbu Kodeksda boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran bir oydan oshmagan muddatda uning ustidan shikoyat (protest) berilishi mumkin.