Manfaatdor shaxs maʼmuriy organning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining qarorlarini haqiqiy emas, ular mansabdor shaxslarining harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisida ariza (shikoyat) bilan, agar bu qaror, harakatlar (harakatsizlik) tufayli: uning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzgan; uning huquqlari, erkinliklarini amalga oshirishga va qonuniy manfaatlarini roʻyobga chiqarishga toʻsiqlar vujudga keltirgan; uning zimmasiga qonunga xilof ravishda biror-bir majburiyat yuklagan; uning u yoki bu sohadagi faoliyatni amalga oshirishi uchun boshqa toʻsiqlar vujudga keltirgan deb hisoblasa, sudga murojaat qilishga haqli.