Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 195-modda. Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ariza

Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ariza ishni koʻrib chiqqan sudga beriladi. Arizada ish toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlar boʻlishi kerak. Arizachida saqlanib qolgan va ishga daxldor boʻlgan hujjatlar yoki ularning koʻchirma nusxalari, garchi ular belgilangan tartibda tasdiqlanmagan boʻlsa ham arizaga ilova qilinadi.