Apellyatsiya shikoyatlari (protestlari): tumanlararo maʼmuriy sudlarning hal qiluv qarorlari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlarining birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari ustidan berilganda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari tomonidan; hududiy harbiy sudlarning hal qiluv qarorlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari ustidan berilganda — Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari ustidan berilganda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan koʻriladi.