Agar qonunda boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, apellyatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oy ichida berilishi mumkin. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) berishning oʻtkazib yuborilgan muddati shikoyat (protest) berayotgan shaxsning iltimosnomasi boʻyicha apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi tomonidan, agar iltimosnoma hal qiluv qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran uch oydan kechiktirmay berilgan va apellyatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati oʻtkazib yuborilishining sabablari uzrli deb topilgan boʻlsa, tiklanishi mumkin. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) berishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash haqida apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) berish muddatini tiklashni rad etish haqida apellyatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi.