Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 217-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudida ishni koʻrish doirasi

Sud ishni apellyatsiya instansiyasida koʻrish chogʻida birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorining qonuniyligini va asosliligini tekshiradi. Sud yangi dalillarni tekshirishi va yangi faktlarni aniqlashi mumkin. Apellyatsiya instansiyasining sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini toʻliq hajmda tekshirishi shart. Birinchi instansiya sudida koʻrib chiqish predmeti boʻlmagan yangi talablar apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan qabul qilinmaydi va koʻrilmaydi.