Kassatsiya shikoyatiga quyidagilar ilova qilinadi: 1) davlat boji va pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat; 2) ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga kassatsiya shikoyatining va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud boʻlmagan hujjatlarning koʻchirma nusxalari yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat; 3) kassatsiya shikoyati vakil tomonidan imzolangan taqdirda, kassatsiya shikoyatiga vakilning imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjat. Kassatsiya protestiga ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga kassatsiya protesti va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud boʻlmagan hujjatlarning koʻchirma nusxalari yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi. Arizani (shikoyatni) qaytarish toʻgʻrisidagi, arizani (shikoyatni) qabul qilishni rad etish haqidagi ajrim ustidan berilgan kassatsiya shikoyatiga (protestiga) qaytarilgan ariza (shikoyat) va uni sudga taqdim etish chogʻida unga qoʻshib berilgan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak.