Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 233-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish

Sudya kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar: 1) kassatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa; 2) kassatsiya shikoyati (protesti) qonunga muvofiq kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin boʻlmagan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa; 3) kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya tartibida koʻrilgan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa; 4) kassatsiya shikoyatini (protestini) berishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash rad etilgan boʻlsa; 5) kassatsiya shikoyatidan (protestidan) uni bergan shaxs voz kechganligi (chaqirib olganligi) sababli kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrim mavjud boʻlsa. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimda kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish asoslari koʻrsatiladi, kassatsiya shikoyatini berish chogʻida toʻlangan davlat bojini qaytarish toʻgʻrisidagi masala hal etiladi. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, kassatsiya shikoyati (protesti) sudga dastlab murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi.