Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 234-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish

Kassatsiya shikoyati (protesti) sudya tomonidan quyidagi hollarda qaytariladi, agar: 1) kassatsiya shikoyati (protesti) imzolanmagan boʻlsa yoxud uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan yoki mansab mavqeyi yoki familiyasi, ismi-sharifining bosh harflari koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan boʻlsa; 2) kassatsiya shikoyatining (protestining) shakliga va mazmuniga nisbatan ushbu Kodeksning 228-moddasida belgilangan talablarga rioya etilmagan yoki kassatsiya shikoyatiga (protestiga) ushbu Kodeks 230-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinmagan boʻlsa; 3) kassatsiya shikoyatiga (protestiga) uning koʻchirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborilganligiga doir dalillar ilova qilinmagan boʻlsa; 4) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat kassatsiya shikoyatiga ilova qilinmagan boʻlsa, qonunda davlat bojini toʻlash muddatini kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati nazarda tutilgan hollarda esa bu haqda iltimosnoma mavjud boʻlmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan boʻlsa; 5) kassatsiya shikoyati (protesti) belgilangan muddat oʻtganidan keyin berilgan boʻlsa va oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma mavjud boʻlmasa; 6) shikoyat (protest) bergan shaxsdan uni qaytarib olish (chaqirib olish) toʻgʻrisida kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganligi toʻgʻrisida sud ajrimi chiqarilguniga qadar ariza kelib tushgan boʻlsa; 7) shikoyat (protest) hal qiluv qarorini qabul qilgan sud chetlab oʻtgan holda yuborilgan boʻlsa. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimda kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish asoslari koʻrsatiladi, kassatsiya shikoyatini berish chogʻida toʻlangan davlat bojini qaytarish toʻgʻrisidagi masala hal etiladi. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimning koʻchirma nusxasi shikoyatni (protestni) bergan shaxsga shikoyat (protest) va unga ilova qilinga