Kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyatini (protestini) uni ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran bir oydan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqadi. Alohida hollarda, kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish muddati ishni koʻrib chiqayotgan sudlov hayʼati tomonidan koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin.